Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
янв.21
Maktabning sport zali va sport anjomlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
🔎 Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
Sholikor MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi #_okrugdagi_o‘rganish “Sharq-yulduzi” mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati #kunlik_ish_reja_ijrosi
#_okrugdagi_o‘rganish
“Sharq-yulduzi” mahallasida deputatlik nazorati o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 25-Afrosiyob saylov okrugidan saylangan deputat U.Shaxobiddinov okrugiga qarashli Sharq yulduzi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish, davlat dasturlari va ijtimoiy loyihalarning ijrosini tahlil qilish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat,  kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova   "Sharq-yulduzi" mahallasida o‘rganish olib bordi.
Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, hudud obodonchiligi hamda infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holati atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish davomida mahalla raisi tomonidan mahalla obodligini ta’minlash. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish. aholi muammolarini hamkorlikda hal etish. mahalla yettiligiga umumiy rahbarlik qilish holatlari ko‘rib chiqildi.

Muloqotlar davomida hududni yanada rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, davlat organlari va mahalla institutlari hamkorligini kuchaytirish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari va tavsiyalar kiritish masalalari belgilab olindi.

O‘rganish yakunida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 3