Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovlarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Uylarda issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi, gaz bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallalardagi sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
🍞Non mahsulotlarini aholiga yetkazib berish holati o‘rganildi
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi M.Usmonov hamda 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Davronbek ko‘chasi, 43-xonadonda istiqomat qiluvchi Isaqjonov Dilshodjonning oilaviy sharoiti, daromad manbalari hamda bandlik holati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida fuqaro norasmiy tarzda qandolatchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani aniqlandi.

Fuqaroning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oilaning daromadlarini oshirish va doimiy daromad manbasini shakllantirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oila daromadini yanada oshirish maqsadida quyonchilik yo‘nalishini rivojlantirish uchun kredit ajratish, shuningdek, farzandlarining repetitorlik kurslarida ta’lim olishi uchun moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4