Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
#Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
🏫 67-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
📚 Umumta’lim maktablarida kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌿 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — e’tibor markazida!
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Bo‘stonliq tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan “Achchisoy” mahallasiga biriktirilgan deputat A.Kulbayev tomonidan “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganishlar davomida mahalladagi “Kambag‘allik reyestri”dagi M.Saparova, Z.Qurbonova, D.Asqarova xonadonlarga tashrif buyurilib, oilalarning mavjud muammolari, daromad manbalari, mehnatga layoqatli a’zolarining bandligi, moddiy sharoiti hamda qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Fuqarolar bilan muloqot jarayonida, avvalo, ishga joylashish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish, shuningdek, og‘ir ijtimoiy sharoitdagi oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish masalalarida murojaatlar bildirildi.

🔺Har bir murojaatning mazmuni va oilaning mavjud sharoitidan kelib chiqib, muammoni joyida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning kasb va ko‘nikmalaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, moddiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalarning holatini tegishli tartibda o‘rganib, amaldagi imkoniyatlar doirasida ularga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga tegishli murojaatlar yo‘llash belgilandi.

🔺Deputat tomonidan xonadonbay o‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar umumlashtirilib, ularning har biri bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolarga berilgan va’dalarning natijadorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2