35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganilmoqda
янв.21
🤝 MAHALLADA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati K. Djumanazarova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Eshov tomonidan Yuqoriovul MFY hududida aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari va mavjudligi holati o‘rganildi.
янв.21
#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari samaradorligi o'rganildi
янв.21
# O‘zbekiston Respublikasining 581-sonli Ichimlik suvi ta'minoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish, to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yashil makon va hudud obodligi o‘rganildi
янв.21
#Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining tumanda ijro etilishi ko‘rib chiqildi
янв.21
#Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
IPAKCHI MAHALLASIDAGI MUAMMO DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov tomonidan mazkur saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlarining holati, mavjud muammolar hamda aholining murojaatlari bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchiliklar aniqlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 million so‘m ajratilgan.

Biroq joyiga chiqib o‘rganish jarayonida ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. Qurilish-ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tganiga qaramay, ishlar yakunlanmagan. Hatto o‘rganish kuni obyekt hududida qurilish ishlarini olib borayotgan ishchilar ham kuzatilmadi.

Mazkur holat, avvalo, aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammoni o‘z vaqtida hal etish, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalasiga jiddiy yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik nazorati doirasida ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Aholi uchun oddiydek ko‘ringan, biroq kundalik hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaning nega belgilangan muddatda hal etilmagani yuzasidan mas’ullardan aniq tushuntirish talab qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini zudlik bilan boshlash, ajratilgan 120 million so‘m mablag‘dan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratida qoladi. Ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5