Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi
янв.21
Maktabning sport zali va sport anjomlari holati o‘rganildi
янв.21
#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
🔎 Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
Sholikor MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatiga Andijon shahar “Hunarmand” MFY sobiq raisi M. Jo‘raboyev tomonidan og‘zaki murojaat qilindi.

Murojaatda fuqaro mahalla raisi lavozimida faoliyat yuritgan davrida ikki yil davomida mehnat ta’tilidan foydalanmaganligi, shuningdek, lavozimidan ozod etilgan vaqtda yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilmaganligini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Mo‘ydinov Baxtiyor Abdulazizovich tomonidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda fuqaroning mehnat huquqlari bilan bog‘liq holatlarni qonunchilik talablari asosida o‘rganish hamda natijasi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlari — deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2