Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 25-ishonch saylov okrugida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
🏘 “Chinor” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi 25-ishonch saylov okrugida mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Rahmatova Muqaddas Bekpulatovna, Kengash kotibiyati hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 25-ishonch saylov okrugiga qarashli “Chinor” mahallasida mahalla raisining ish faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla raisining aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
🗣 Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholining taklif va murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
⚖️ O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni talablari asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratildi.
📌 Mazkur Qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari hamda tashkilotlarga murojaat qilish huquqi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va murojaat qiluvchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlashning huquqiy asoslari belgilangan.
🤝 O‘rganish yakunida mahalla raisining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni manzilli o‘rganish va ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.
🌿 Aholi bilan ochiq muloqot, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash — samarali mahalla faoliyatining muhim mezonidir.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati