#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi_faoliyati
#nazorat_tahlil
"Navro'z" mahallasida 22-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-“Navro‘z” saylov okrugidan saylangan deputat K.Umirovning saylov okrugidagi “Navro‘z” mahallasida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabining holati tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab hududini xavfsiz va tartibli holatga keltirish masalalariga e’tibor qaratilib, maktab atrofini devor bilan o‘rash zarurati mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda amaliy choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.
O‘rganish deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram