35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Uyg‘ur” MFYdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Jamoat transportining muntazam harakatlanish holati o‘rganildi
янв.21
#liftlarning ishlash holatini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi
янв.21
#Hududdagi investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o‘rganildi
янв.21
#aholi qabuli
янв.21
✅ Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
🦽 Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganildi.
янв.21
#deputat va biriktirilgan tashkilot bilan ish olib bormoqda
Kotib

Deputatlarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi aholi muammolarini hal etish, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning muhim mexanizmidir.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 25-“Chimyon” okrugi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Shaxnoza Umarova fuqarolar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Qabulda aholi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish va tegishli choralar belgilashga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolarning turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Xususan, ijtimoiy himoya, tibbiy ko‘mak, moddiy yordam, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

O‘tkazilgan suhbatlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda joyida hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3