35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
O'rta Chirchiq tuman Xalq bankida "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O'RQ-580-sonli QONUN IJROSI NAZORAT QILINDI
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
Ichki ko'chalar xolati o'rganildi.
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputatlar_nazorati
Mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi

Mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tumani Kengashining 16-Obod saylov okrugi deputati I.Saidaxmedov nomidan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq "Obod" MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Tumanning “Arg'in-Sada” mahallasiga biriktirilgan profilaktika inspektorining faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, fuqarolar bilan profilaktik tadbirlar olib borish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan individual profilaktik ishlarni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
✅Shu bilan birga, mahallada sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning sabablari hamda ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oilaviy nizolarni barvaqt bartaraf etish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
✅ “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududda jamoat tartibini saqlash, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash, muammoli oilalar va ijtimoiy jihatdan xavfli vaziyatdagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3