Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 17-bandi ijrosini ta’minlash hamda navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan deputat Xoliqulova Gulbahor tomonidan Lolazor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi 11 ta ko‘cha kesimida obodonlashtirish va chiqindilarni olib chiqib ketish holatiga e’tibor qaratildi.
Jumladan, mahallaning 1-ko‘chasi — Sado ko‘chasida maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish holati o‘rganildi.
Mazkur masala yuzasidan ko‘chaboshi A. Nosirov bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.