Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_nazarati

✨17-okrug deputati Yorqinoy Mirzaxmedova tomonidan "Xo‘jamozor" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganildi.

✨O‘rganish davomida mahallada "mahallabay" tizimi asosida olib borilayotgan ishlar, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish hamda daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

✨Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yechimlar ishlab chiqish borasidagi faoliyat ko‘zdan kechirildi. Mavjud holat yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3