Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik faoliyati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar nazorati: PF-71-son Farmoni ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
Deputatlar nazorati: PF-71-son Farmoni ijrosi o‘rganildi


Deputatlar nazorati: PF-71-son Farmoni ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi tomonidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova, kotibiyat mudiri B.Baxovadinov hamda deputatlar K.Djumanazarova va D.Zulyarovalar ishtirokida Kadastr agentligining O‘rta Chirchiq tumani bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari bilan uchrashuv tashkil etilib, Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, korrupsiyaning oldini olish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarga davlat xizmatlarini sifatli va tezkor ko‘rsatish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3