Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik faoliyati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar nazorati: PF-71-son Farmoni ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

 Joriy yilning 26-iyun kuni Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman Kengashi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov olib bordi.

Sessiyada hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, shuningdek kun tartibiga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, aholi farovonligini oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar bildirildi.

📋 Sessiyada quyidagi muhim masalalar ko‘rib chiqildi:
🔹 Mahalliy budjetning 2026-yil birinchi yarim yillik ijrosi, tuman salohiyatidan kelib chiqib mahalliy budjet daromadlarini oshirish rezervlari hamda qo‘shimcha manbalarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish;
🔹 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi;
🔹 Tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish hamda sohaning asosiy ko‘rsatkichlari;
🔹 Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 Tuman mahalliy budjetining 2026-yil birinchi chorak yakunlari bo‘yicha shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘lar ajratish;
🔹 Uchquduq tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalari.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilot va idoralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5