Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

G‘alla o‘rimi jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya a’zosi — Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich “Naymanko‘l” OFY hududidagi “Sanobar Saparbayeva” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari bilan tanishdi.

🚜 O‘rganish davomida bug‘doy hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish, qishloq xo‘jaligi texnikalarining tayyorgarlik holati hamda dala ishlarining tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🌾 Shuningdek, fermer xo‘jaligi rahbari bilan suhbat davomida joriy mavsumdagi hosildorlik ko‘rsatkichlari, g‘allachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud masalalar muhokama qilindi.

📌 Ta’kidlanganidek, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, fermerlar daromadini oshirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Deputatlar tomonidan soha vakillari bilan fikr almashilib, mavsumiy ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2