Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o`tdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yil 5-apreldagi "Chiqindilar to'g'risida"gi 362-II-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibi o'tkazildi hamda tumanda "Mening bog'im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
#Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi ijtimoiy hodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlagnan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holati o'rganildi
янв.21
deputat mahallada
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va tuman Kengash deputati D.Egamqulovalar tomonidan tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan A.Navoiy mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 30 yoshgacha bo‘lgan 737 nafar yoshlar istiqomat qilishi, shundan 25 nafari ishsiz yoshlar sifatida ro‘yxatga olinib, ularning bandligini ta’minlash maqsadida mas’ul rahbarlarga biriktirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mahalladagi yoshlarning “Besh tashabbus” doirasidagi tadbirlarda faol ishtiroki yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga 3 nafar yosh kiritilgan bo‘lib, ulardan 1 nafariga amaliy yordam ko‘rsatilganligi aniqlandi. O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3