Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#deputat faoliyati

#Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashiga O'zbekiston Ekologiya partiyasidan saylangan 15-O'zbekiston saylov okrugi deputati Radjapov Shuxratjon Payg'ambarovich tomonidan "Qunduzak" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

📌O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish ishlari va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 1