Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o`tdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yil 5-apreldagi "Chiqindilar to'g'risida"gi 362-II-sonli Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tartibi o'tkazildi hamda tumanda "Mening bog'im" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi
янв.21
#Fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#Mahalladagi ijtimoiy hodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko'rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta'minlagnan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash holati o'rganildi
янв.21
deputat mahallada
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 9-iyun kuni Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasi belgilangan reglament va tartib-qoidalar asosida o‘tkazildi. Sessiya kun tartibiga jami 13 ta dolzarb masala kiritilib, ularning barchasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi huzuridagi Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish, 2026-yilda Karmana tumanida amalga oshiriladigan xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli dasturi hamda Karmana tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Zaynievning axborotlari eshitildi.
Shuning bilan birga, tumanda Ayollar daftarning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish to‘g‘risida oila va xotin-qizlar bo‘limi bosh mutaxassisi D.Ergashevaning axboroti, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va xavfsiz tashkil etishga qaratilgan Dolzarb 90 kun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari D.Nazarovning axboroti hamda tumanda Besh tashabbus olimpiadasini o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun Yoshlar daftari jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i B.Bekovning hisoboti tinglandi.
Sessiyada Karmana tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tarif stavkalarini belgilash va byudjet tushumlarini maqbullashtirish to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari O.Kamolovning axboroti, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i R.Xolmo‘minovning axboroti hamda Karmana tumani Inson ijtimoiy xizmatlar markazida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida doimiy komissiya raisi Z.Tog‘ayevning axboroti ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tuman Kengashi huzuridagi Xalqparvar komissiyasi raisini qayta saylash hamda komissiya tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida doimiy komissiya raisi T.Xalilovaning axborotlari atrofli tahlil qilindi. Tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat gurihi a’zolari tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risida doimiy komissiya raisi F.Jumaevaning axboroti hamda Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining 2026-yil 20-apreldagi qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Kengash kotibiyati mudiri G.Shermatovaning axboroti tinglandi va muhokama qilindi.
Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli yakuniy qarorlari qabul qilindi. Shu bilan Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma beshinchi sessiyasi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

Slide 1 of 7