Yangiliklar

🔰“Dolzarb 90 kun” nazorati.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi M.Abdusattarova va shahar Kengashi deputati D.Saidovalar nazorat-tahlil tartibi asosida shahardagi 13-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta‘til davrini mazmunli tashkil etish, to‘garaklar faoliyati va sport tadbirlari holatini o‘rgandi.

🔹Deputatlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini tizimli muvofiqlashtirish va ularni kasb-hunarga qiziqtirish bo‘yicha maktab maʼmuriyatiga zarur tavsiyalar berib, monitoring ishlarini davom ettirmoqda.

Slide 1 of 1