Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
👤 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “O'zMTDP” partiyasidan 16-Chorvador saylov okrugidan saylangan deputat A.Sadirov nomidan Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxramov Kengash ish rejasiga asosan tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📊 2026-yil yanvar–may oylari davomida 198 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar orqali doimiy va mavsumiy ishlarga joylashtirilgan:
👩 120 nafari – ayollar
🧑 75 nafari – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
🎓 Qayta kasb egallash bo‘yicha 140 nafar fuqaro o‘qishga yo‘naltirilgan:
📒 Buxgalteriya – 28 nafar
💇♀️ Sartaroshlik – 25 nafar
🏭 Mashinasozlik – 5 nafar
⚡️ Elektrik – 4 nafar
🪡 Zamonaviy pardalar tikish – 30 nafar
💰 Qayd etilganidek, o‘qish jarayoniga oid barcha xarajatlar Bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda