Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarova, O‘zbekiston XDP partiyasi tuman Kengashi raisi G.Turanbayevalar ishtirokida "Qorasuv" MFY hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

🔷O‘rganish jarayonida mahallada fuqarolar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikova

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 1