Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik faoliyati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Deputatlar nazorati: PF-71-son Farmoni ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Bozorlardagi aholi istemoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi holati o'rganildi
янв.21
Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
🎙SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI TINGLANDI.
янв.21
#Bepul beriladigan dorilar bilan taminlash holati o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ichki ko'cha yo'llari holati o'rganildi
Uchinchi chaqiriq xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tumandagi mavjud zaxiralarni ishga solish, yangi tizim asosida sanoat va iqtisodiy salohiyatni oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda murojaatlar ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mutasaddilar axborot va hisobotlari tinglandi.

Sessiya davomida Chilonzor tumanining 2026-yildagi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining birinchi chorak yakunlari, mahalliy budjetning erkin qoldiq mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish hamda budjet daromadlari ijrosi, soliq tushumlari va mavjud rezervlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Slide 1 of 12