#deputat_soʻrovi
🖋 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Ibodov Ilhom Sodiqovich tomonidan "Bunyodkor" MFY hududida joylashgan 54-sonli umumta'lim maktabiga faollar zali qurish masalasini dasturga kiritish to'g'risida deputatlik so‘rovi yuborildi.
🖋 Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, O‘rta Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i nomiga yo‘naltirildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati.