Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
янв.21
DEPUTAT FAOLIYAT
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan elektor tarmoqlari holatlari o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumanida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyas azolari yig'ilishi bo'lib o`tdi.
янв.21
"DEPUTAT MAHALLADA"
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ustidan deputat nazorati o’rnatildi.
янв.21
Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
BAHOR YAQIN, UYGʻON, ELIM!

  Xalq deputatlari Romitan tuman Kengashi 5 – Bog’cha saylov okrugi deputati Atoyeva Maxfirat Narzullayevna, 21- Istiqlol saylov okrugi deputati Raxmatov Nodir Zoirovich, 14 - O'zbekiston saylov okrugi deputati Cho'liyeva Feruza Baxronovna hududdagi obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechir.   

Katta yo‘l bo‘yidagi daraxtlar ostidagi maysalar sabza ura boshlabdi. Yog‘ayotgan yomg‘ir tomchilaridan oziqlangan
zamin allaqachon bahordan darak bera boshlagan.  

    Tabiat uyg‘onyaptimi, demak odamlar ham uyg‘onishi lozim. Atrofini, uyi, hovli joyi, ko‘chasi, qishlog‘ining obodligi, tozalik, obodonchiligi uchun hissa qo‘shmog‘i kerak.  

     Bog‘cha mahallasi qishloqlarini aylanamiz. To‘rtala qishloqda ham obodlikdan yayraydi kishi. Ayniqsa Peshko‘ tumani tomon boradigan yo‘l bo‘ylari tozalangan.  

    Aksariyat odamlarning o‘zlarida obodonchilikka ishtiyoq baland! Ularga aytishga hojat yo‘q.  

    Mehnat faxriysi, keksa muallim Bahodir Sharipov butun oilasi bilan hovli, joyi, ko‘chasi, mahallisi obodligi uchun
kuyinadiganlardan. Farzand, nevaralarini ham shunga da’vat etadi.  

   Jamshid Yodgorov, Erkin Hodiyev, Zoyir Boltayev, Bafo Teshayevlar mahallaning vijdoni hisoblanadi. Ular nainki o‘zlari boshqalarni ham tozalikka chorlagani chorlagan.  

     Lekin... Shundoqqina mahalla markazidan joy olgan, kun ora xalqimizning yaxshi kunlarida xizmat qiladigan
"Jasurbek" to‘yxonasi yon tomonida joylashgan hojatxonaning atrofi dilni xira qiladi.  

   --Ozgina vaqt beringlar, bu joy obod bo‘ladi,--deydi tadbirkor. 

          Garansho
qishlog‘idagi Zokir Avezov xonadoni oldidagi axlat uyumi ta’bni xira qiladi.  

    Katta yo‘l bo‘yidagi Qandiyor Bozorov xonadonida qurilish ishlari olib borilayotgan ekan. Ortiqcha axlatlarni
tezda olamiz, deyishdi xonadon egalari.  

    Ichki suv yo‘llarini tozalashda chiqarilgan tuproqlar ham yo‘llarga tashlangani dilni xira qiladi.  

   --Bularning barchasi ma’lum fursatlarda qilinadigan ishlar,--dedi mahalla raisi Iso Mavlonov.  

    --Bahor yaqin, uyg‘oning!--deydi keksa bog‘bon Hojiqurbon Tohirov.  

    Biz butun mahalla ahlini obodlikka, tozalikka da’vat etamiz.   

Slide 1 of 1