Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani 1-son texnikumida 60 yildan ko‘proq birga umrguzaronlik qilgan 11 ta oila ishtirokida "Qo‘sha qarish saodati" mavzusida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Yoqubjon Musayev “Do‘stlik” MFYda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi
янв.21
DEPUTAT FAOLIYAT
янв.21
Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan elektor tarmoqlari holatlari o‘rganildi
янв.21
O‘rta Chirchiq tumanida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
янв.21
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha komissiyas azolari yig'ilishi bo'lib o`tdi.
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.

Shahrisabz shahar “Oqila ayollar” harakati rahbari, Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining 9-Alpomish saylov okrugi deputati, Ishaliyeva Rohila Qoʻziyevna tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan nizoli oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir “Ajrim — yechim emas” shiori ostida o‘tkazilib, unda oilani saqlab qolish, o‘zaro hurmat va murosaning ahamiyati, farzandlar taqdiriga mas’uliyat bilan yondashish masalalari muhokama qilindi.

Deputat o‘z nutqida oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etishda sabr, muloqot va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, bunday uchrashuvlar jamiyatda sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Mazkur tadbir ajrimlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni asrash va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.

telegram

Slide 1 of 3