35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
O'rta Chirchiq tuman Xalq bankida "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O'RQ-580-sonli QONUN IJROSI NAZORAT QILINDI
янв.21
O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
Ichki ko'chalar xolati o'rganildi.
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Deputatlar_nazorati
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Loyiha doirasida deputat o‘z saylov okrugiga kiruvchi “Madaniyat”, “Sohil” va “Beruniy” mahallalarida bo‘lib, joylardagi dolzarb muammolar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, “Beruniy” mahallasida ta’mir talab, qarovsiz va foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan ixtisoslashtirilgan maktab binosi ko‘zdan kechirildi. Mazkur ta’lim muassasasining holatini yaxshilash, uni qayta ta’mirlash hamda kelgusida samarali foydalanish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Muloqot davomida asosiy muammolardan biri sifatida “Madaniyat” mahallasidagi “Tashabbuskor” ko‘chasini shag‘allantirish hamda ushbu ko‘chani asfaltlash uchun 2026-yil Davlat dasturiga kiritish zarurligi aniqlandi. Mazkur masalaning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi deputat tomonidan ta’kidlandi.

Bundan tashqari, deputat “Sohil” mahallasida yangi ochilayotgan o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va markaz faoliyatiga ijobiy baho berdi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 8