Yangiliklar

MUNOSABAT

O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda!

 2–4-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev taklifiga binoan Bokuga rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi. Muloqotlar yakunida tomonlar bir qator muhim hujjatlarni imzoladilar va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Prezident Mirziyoyev hamkorlikni "katta tarixiy voqea" deya baholadi va yoshlar, tadbirkorlar, ijodkorlar o‘rtasidagi almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Baynazarova Gulmira Shakirjanovna!