Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning Orom ko‘chasidagi 51-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro Z.Oripova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
️Ma’lum bo‘lishicha, xonadon homiylik asosida ta’mirlab berilgan. Bu esa oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash va uy-joy bilan bog‘liq ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan yordamning muhim qismi hisoblanadi.
Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.
O‘rganish davomida oilaga ko‘rsatilgan yordam turlari bilan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash va mavjud ehtiyojlariga e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi