35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 40-sessiyasi o'tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy extiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etish holati o'rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo‘rg‘on tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 10-“Tolovul” saylov okrugi deputati T.Bobolov tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya qarorlari namunaviy qarorlar asosida rasmiylashtirilmoqda
янв.21
Yoshlar etakchisi faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
«AHOLI MUAMMOLARINI KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH
янв.21
Xalq deputatlari Oqqo'rg'on tumani Kengashining VII chaqiriq 39-sessiyasi o'tkazildi
DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Ismailov Qamariddin Abdurahimovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi talablarining ijrosi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida deputat Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbari o‘rinbosari M.Mirortiqov, Parkent tumani Fermer,dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘limi boshlig‘i E.Islomov hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Parkent tumani bo‘limi boshlig‘i A.Rahimboyev bilan birgalikda tumandagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi.Shuningdek, o‘rganish davomida tumanning “Boshqizilsoy” hududidagi dala maydonlariga chiqilib, fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash,hosildorlikni oshirish hamda sohada mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.O‘rganish jarayonida yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi, ularning belgilangan maqsadda ishlatilishi, qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona foydalanish hamda Yer kodeksi talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muloqot davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yer unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash hamda Yer kodeksi talablarining ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati
doirasida davom ettirilib, qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda yer maydonlaridan samarali foydalanish holati monitoring qilib boriladi.
  

Slide 1 of 3