O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil
etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi F-18-sonli farmoyishi ijrosini o`rgandi.
Dehqonobod tumanining Beliboyli mahallasida yashovchi Odina bobo Kenjayev uzoq yillar davomida halol mehnat, sabr-toqat va fidoyilik bilan mahalla ahli orasida katta hurmat va e’tiborga sazovor boʻlib kelmoqda. U kishi tomorqadan samarali foydalanish, shaxsiy bogʻ barpo etish, issiqxona qurib, unda limon, apelsin hamda qoʻziqorin yetishtirish orqali nafaqat oilasiga, balki butun mahallasiga manfaat keltirib, yoshlarga oʻrnak boʻlayotgan chinakam mehnat fidoyisidir.