Oqoltin tumani «Ko‘rkam diyor» mahalla fuqarolar yig‘inida belgilangan tartibda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda «Mahalla yettiligi» a’zolari hamda tashkilot,
korxona va muassasalar rahbarlari va tuman Kengashi deputatlarining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish jarayonida deputat K.Xakimova tomonidan aholi va keng jamoatchilik vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha yetkazildi. Ushbu tadbir aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda mahalladagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratildi.