Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
янв.21
Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi
Namangan shahardagi 9, 23,32 va 44-son umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari hamda ularning onalarining Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Namangan shahardagi 9, 23, 32 va 44-son umumta’lim maktablarining bitiruvchi qizlari hamda ularning onalari ishtirokida mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Namangan shahar deputati Sh.Gaffarova tomonidan yoshlarga va ularning oilalariga qaratilgan muhim masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida ertangi hayot eshigini endi taqillatayotgan yosh qizlarning ma’naviy barkamolligini ta’minlash, ularni erta turmush qurishga majbur bo‘lish holatlarining oldini olish, kitobga bo‘lgan mehrni kuchaytirish va ma’rifiy tarbiyani mustahkamlash borasida muhim fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, zo‘ravonlik va tazyiqqa barham berish, turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Deputat Sh.Gaffarova xonadonlarda ozodalik va obodlikni saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qiz bolalarni oliy ta’limga yo‘naltirish va yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yoshlarda mas’uliyat, o‘ziga ishonch tuyg‘usini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, qizlar va ularning onalarida chuqur taassurot qoldirdi.

Slide 1 of 7