O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunining 7-moddasiga asosan bugun Oqoltin tumani "Mustaqillik" MFY hududida joylashgan Oqoltin politexnikumi faollar zalida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov va tuman Kengashi deputatlari J.Usmonov hamda E.Babayevlar saylovchilar bilan uchrashib, joriy yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot berdilar. Hisobot berish jarayonida saylovchilardan mavjud muammolar yuzasidan 5 dan ortiq takliflar berildi. Deputatlar tomonidan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi