Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G‘. Ismoilov tomonidan aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiy muassasada fuqarolarni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, bemorlar uchun qulay muhitni ta’minlash hamda tibbiyot xodimlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar masalasiga e’tibor qaratildi.
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot xodimlari faoliyati uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.