Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida hududdagi mavjud muammo o‘rganilib, tyuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
🔹 Deputat so‘rovida Do‘stlik MFY hududidagi Navro‘z ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 3.4 — “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.
✅ Mazkur deputat so‘rovi natijasida Navro‘z ko‘chasiga 3.4 — “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisi o‘rnatildi.
Ushbu amaliy chora hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar, ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar xavfsizligini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.