Doimiy komissiya yig‘ilishida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi ishtirok etdi
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasisi tomonidan PF-193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu yig‘ilishda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi, MADAD NNT vakili hamda ekspert a’zosi ishtirok etib, farmonda belgilab berilgan barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokamalar jarayonida Kengash huzuridagi yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda MADAD NNT vakilining fikr-mulohazalari tinglanib, navbatdagi sessiyada ko‘riladigan masalalar belgilab olindi.