Yangiliklar

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Urganch tumani “Arboblar” mahallasida joylashgan tuman Axborot-resurs markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
Unda Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Erjanova hamda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etdi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondining holati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish va ilmiy-ma’rifiy resurslardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3