Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Quduqsoy" mahallasida aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 19-"Quduqsoy" saylov okrugi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Quduqsoy" MFYda bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

✅Tashrif davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasidagi obodonlashtirish ishlari, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak hamda kommunal-infratuzilma holati tahlil qilindi. Shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatiga oid 162 ta qonun hujjati va 24 ta tavsiya ijrosi monitoring qilindi.

✅Muloqotlar chog‘ida bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, ularni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi va ijrosi Kengash tomonidan nazorat qilib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 1