Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

📚 Kutubxonaning moddiy-texnik bazasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G‘.Axmedov tomonidan Oqoltin tumani 1-sonli texnikumi kutubxonasining moddiy-texnik bazasi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jihozlarning holati hamda kutubxona fondini boyitish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3