#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida
#deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi #kuz_qishga_tayyorgarlik
3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B. Ochildiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev deputatning saylov okrugidagi “Istiqlol” mahallasida joylashgan 3-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, mavjud isitish vositalari, sinfxonalardagi shart-sharoitlar, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasi faoliyatiga oid boshqa masalalar o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularning ijrosi hamda maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram