Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash deputati Y.Jo‘rayev, MFY raisi T.Ro‘ziqulov va mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar yonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida qurilayotgan piyodalar uchun yo‘lakcha qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida 2.5 km masofada piyodalar uchun yo‘lakcha qurilayotganligi aniqlandi. Mazkur ishlarning aholi uchun qulaylik yaratishdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi..