O‘rta Chirchiq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, mahallalardagi fuqarolar yig‘ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidan ikki muhim masala ko'rib chiqildi:
🖋 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
🖋“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026 yil 2-mavsum doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar, ularning manzilli ro‘yhatlari hamda loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida;
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar atroflicha tahlil qilinib, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Sessiyada bildirilgan takliflar va mulohazalar inobatga olinib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mazkur sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar hududlarni yanada rivojlantirish, mahallalarda aholi farovonligini oshirish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!