34-SESSIYA: MASALA YAKUNI BO‘YICHA QAROR QABUL QILINDI
Hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan savollar berilib, masala atroflicha muhokama qilindi.
📋 Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, deputatlarga qaror loyihasi taqdim etilib, qo‘shimcha takliflar mavjudligi so‘raldi. Qo‘shimcha takliflar bildirilmadi.
🗳 Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullanib, tasdiqlandi.