35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#kotibiyat_ish_reja_ijrosi

Toyloq tumani Bog‘ichinor mahallasi aholisi tomonidan elektr energiyasi ta’minotining yetarli darajada emasligi, mavjud elektr tarmoqlarining eskirganligi hamda yangi uy-joylar sonining ortib borayotgani sababli qo‘shimcha elektr infratuzilmasiga ehtiyoj mavjudligi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 2026-yil 10-iyundagi VII-26-67-7-104-K/26-sonli qarori asosida tegishli mablag‘lar ajratildi.

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan Bog‘ichinor mahallasiga 30 dona temir-beton elektr ustuni va 1 200 metr “SEP” havo elektr uzatish kabeli xarid qilinib, hududga yetkazib berildi.

Yetkazib berilgan jihozlar belgilangan tartibda qabul qilinib, elektr tarmoqlarini yaxshilash ishlarini amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlarga topshirildi.

Slide 1 of 2