Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Bekobod tumani Savrak mahallasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
🎉 Bayram tadbiri doirasida yangi mahalla binosi ham foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, deputat X.Jumaboyev, nuroniylar, yoshlar, mahalla ahli hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
✨ Yangi bino — mahalla taraqqiyoti va xalq farovonligi sari yana bir muhim qadam!