📖 Maktab kutubxonasi faoliyatiga e’tibor qaratildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi kutubxonaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, kitob fondining holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kutubxonadan foydalanish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kitob mutolaasiga keng jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida kutubxona fondini zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan muntazam boyitib borish, o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.