35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏥 Tibbiyot maskanidagi muammolar — deputat e’tiborida!


Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Lyu “Isfara” MFYdagi oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida binoning eskirgan holatda ekani va ta’mirga muhtojligi, ichimlik suvi mavjud emasligi hamda sterilizatsiya xonasi ishlamayotgani aniqlandi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun zarur mehnat sharoitlari yetarli emasligi ma’lum bo‘ldi.

📩 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tibbiyot xodimlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Eshonxonovga deputat so‘rovi yuborildi.

🌿 Sifatli tibbiy xizmat — inson salomatligi va farovonligining muhim garovi!

Slide 1 of 2