Aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Sharopova tomonidan Paxtaobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandlik darajasi, ishsizlik holati hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni egallashiga ko‘maklashish hamda kelgusida munosib ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlarida o‘qishga qabul qilish hamda kasb-hunarga o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.