Mustaqillik mahallasida oqar suv tarmog‘i yaxshilanmoqda
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan Mustaqillik mahallasida oqar suv tarmog‘ini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida Ma’rifat ko‘chasida ichki ariqlar o‘rnatish ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlarning aholi uchun qulaylik yaratish va oqar suv ta’minotini yaxshilashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.