#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI DOIRASIDA QURUQLIK EKOTIZIMLARINI MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
🏛 Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Quruqlik ekotizimlarini muhofaza qilish va bioxilma-xillikni asrash” mavzusida seminar tashkil etildi.
🔺 Seminarda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva ham ishtirok etdi.
🌳 Tadbir davomida quruqlik ekotizimlarini himoya qilish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlar degradatsiyasining oldini olish hamda bioxilma-xillikni asrash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
📊 Qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda o‘rmonzorlar maydoni 4,7 mln gektarga yetkazilgan, Orol dengizining qurigan tubida esa qariyb 2 mln gektar maydonda yashil qoplamalar barpo etilgan.
🔎 Seminarda iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, cho‘llanish, chang-to‘zonlar hamda yerlar degradatsiyasi bilan bog‘liq mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratilib, ekilgan daraxt va butalarni parvarishlash, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash, yaylovlar mahsuldorligini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament, mahalliy Kengashlar va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlanib, hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash