Muhokama davomida doimiy komissiya a’zosi K.Xakimova tomonidan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan yana qanday qo‘shimcha choralar ko‘rilayotgani haqida savol berildi. Mas’ulning javobiga ko‘ra, Ekologiya vazirligi tomonidan ekoinspektorlarning malakasini oshirish hamda ularning faoliyatini yanada shaffof tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Xususan, 2026-yil 2-sentyabrdan boshlab respublikadagi ekoinspektorlarni o‘qitish va malakasini oshirish, shuningdek, ularni bodikameralar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Mazkur choralar korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, faoliyatda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan.